Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways bilan Qozog‘istonga sayohat qiling

2022 26 May
1
Ulashing

Qozog‘iston o‘zining madaniy qadriyatlarini hurmat qiladigan va bugungi raqobatbardosh dunyoda ulkan salohiyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Toshkent, Samarqand, Namangan, Nukus va Urganchdan Qozog‘iston shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshrimoqda.

Aviaqatnovlar haftaning quyidagi jadvaliga muvofiq amalga oshirilmoqda:

  • Samarqanddan Olmaotaga ikki marta – seshanba va shanba kunlari
  • Namangandan Olmaotaga – chorshanba kunlari
  • Nukusdan Oqtovga – payshanba kunlari
  • Nukusdan Aktobega – dushanba kunlari
  • Urganchdan Oqtovga – shanba kunlari
  • Toshkentdan Nur-Sultonga – seshanba, juma va yakshanba kunlari.
  • Toshkentdan Olmaota qatnovlar har kuni amalga oshiriladi, bu esa mazkur shahar yo‘lovchilari orasida talab yuqori bo‘lganligi bilan bog‘liq.   

O‘zbekiston poytaxtidan Qozog‘iston poytaxtiga bo‘lgan aviaqatnov narxlari quyidagicha:

Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishida aviachipta narxi 1 245 664 so‘mdan (bagajsiz) va 1 399 890 so‘mdan (bagaj bilan) va Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida esa 2 040 260 so‘mdan (bagajsiz) va 2 277 529 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 26.05.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling