Navro‘z bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways bosh ofisida milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda esdalik va maishiy kulolchilik buyumlari, milliy matolardan tikilgan kiyim-kechak, zamonaviy va an’anaviy dizayndagi qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlari, rasmlar namoyish etildi.