Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways binosida yong‘inga qarshi mashg‘ulot

2024 4 Mart
206
Ulashing

Bugun, 2024-yilning 4-mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi binosida yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Foto1
Fuqaro muhofazasi sohasidagi ushbu oʻquv-uslubiy tadbir Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda aviakompaniya rahbariyati va xodimlarining koʻp qavatli binoda yirik yongʻin sodir boʻlganda tartib-qoidalar boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida oʻtkazildi.

Foto2

O‘quv mashg‘uloti davomida yong‘indan ogohlantirish tizimi to‘g‘ri ishladi, xodimlar evakuatsiya qilish yo‘llari orqali binoni tark etdilar.

Foto3

Foto4

Bundan tashqari, zambilda va arqondan tushirish moslamasidan foydalangan holda evakuatsiya qilishning namoyishi o‘tkazildi. 

Foto5

Foto6

Tadbir so‘ngida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Uzbekistan Airways xodimlarini o‘t o‘chiruvchilarning faoliyati, yong‘inni o‘chirishda foydalaniladigan texnika va jihozlar bilan tanishtirdi, shuningdek, maxsus kiyimlar namoyish etildi.

Foto7

PDF-ni yuklab oling