Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways bortkuzatuvchi lavozimiga sharq tillarini biladigan nomzodlarni taklif qiladi

2025 6 Mart
Ulashing

Uzbekistan Airways bortkuzatuvchilar tanlovini e’lon qiladi va xitoy, koreys yoki yapon tillarini biladigan shijoatli yigit-qizlarni mamlakatimizning eng yirik aviakompaniyasi bir qismiga aylanishga taklif etadi. Bu aviatsiyada karyera qurish, nufuzli ish topish va xalqaro aviatashuvlarda qimmatli tajriba orttirish uchun noyob imkoniyatdir. 

Aviakompaniya bo‘sh ish o‘rni faqat 2025-yil 5-aprelgacha ochiq bo‘lishini ma’lum qiladi. Shuning uchun barcha xohlovchilar ariza topshirishga shoshilishlari kerak. 

Biz kimlarni izlayapmiz? 

Uzbekistan Airways xitoy, koreys yoki yapon tillarini yaxshi biladigan nomzodlarni taklif qiladi, chunki yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish Sharqiy Osiyodan kelgan yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yarata oladigan mutaxassislarni talab qiladi.

 Agar sizning yoshingiz 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lsa, ko‘rkam tashqi ko‘rinish va xushmuomala, moslashuvchan jadval bo‘yicha ishlashga tayyor, mas’uliyatli va stressga chidamli bo‘lsangiz, ushbu vakansiya sizning karyerangiz o‘sishi uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. 

Uzbekistan Airways nima taklif etadi?

  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Bepul o‘quv kurslari va treninglar;
  • Mamlakatning eng yirik aviakompaniyasida nufuzli ish.

Arizani qanday topshirish mumkin? 

Agar siz Uzbekistan Airways jamoasining bir qismi bo‘lishga va osmonni zabt etishga tayyor bo‘lsangiz, rezyumeingizni fotosurat bilan faqat 2025-yil 5-aprelgacha (shu kuni ham qabul qilinadi) maryam.anatoleva@uzairways.com elektron pochtasiga yuboring. 

E’tibor bering: suhbatga xitoy, koreys yoki yapon tillarida erkin gaplasha oladigan nomzodlar taklif etiladi. Bortkuzatuvchi sifatida ish tajribasi majburiy emas, lekin ma‘qullanadi.

Uzbekistan Airways jamoasiga qo‘shiling! 

Markaziy Osiyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining bir qismiga aylaning, professionallar jamoasida ishlang va Uzbekistan Airways bilan birga imkoniyatlar olamini kashf eting! 

PDF-ni yuklab oling