Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways DISCOVERING UZBEKISTAN II Xalqaro sayyohlik konferensiyasida ishtirok etdi

2022 21 Oktabr
Ulashing

2022-yil 21-oktabr kuni Samarqandda DISCOVERING UZBEKISTAN II Xalqaro sayyohlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda aviakompaniyalar, sayyohlik agentliklari, mehmonxona vakillari, shuningdek, diplomatik korpus, vazirliklar, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari va sayohat bloggerlari ishtirok etishdi. Ushbu konferensiyaning maqsadi “O‘zbekiston” deb nomlangan sayyohlik mahsuloti haqida so‘zlab berish va mamlakatimizni yanada ko‘proq xorijiy sayyohlar uchun ochilishini ta’minlashdir.

Konferensiya doirasida turizm va aviatsiya sohalarining muammoli masalalari muhokama qilindi, alohida hududlar va noodatiy sayyohlik joylari taqdimoti o‘tkazildi, ma’ruzachilar O‘zbekiston aeroportlarining imkoniyatlari va parvozlar sonini ko‘paytirish rejalari haqida so‘zlab berishdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z taqdimotini o‘tkazdi, unda kompaniya vakillari Samarqanddan Namangan, Farg‘ona, Andijon shaharlariga respublika ichidagi qatnovlarning boshlanishi haqida so‘zlab, Samarqandga va undan yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonni sayyohlik yo‘nalishi sifatida rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Airways xalqaro turistik ko‘rgazmalarida faol ishtirok etib, butun dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, aviakompaniya 2023-yilda Samarqanddan MDH va dunyoning turli shaharlariga parvozlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirayotgani qayd etildi.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Samarqanddan Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshirmoqda.

 

PDF-ni yuklab oling