2022-yil 2-fevral kuni Uzbekistan Airways Express Namangandan Irkutsk va Samaraga ilk parvozni amalga oshirmoqda. Namangan – Irkutsk – Namangan va Namangan – Samara – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar chorshanba kunlari «to‘liq ekonom» formatida amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways «Sharqiy» xab loyihasi doirasida 2022-yil 30-yanvardan boshlab Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Ufa, Krasnodar, Yekaterinburg va Novosibirskka Airbus 320 havo kemalarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.