Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways: homiladorlik davrida sayohat qilish

2023 6 Aprel
3912
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi doimo o‘z yo‘lovchilari haqida qayg‘uradi va albatta ularning bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga xavfsiz tashishini ta’minlaydi. Shu jumladan, homilador ayollarning parvozi uchun qat'iy rioya qilinishi kerak bo‘lgan bir qator qoidalar mavjud.

Homilador ayollar tashish uchun quyidagi hollarda qabul qilinadi:

• agar homiladorlik muddati 35 haftadan oshmagan boʻlsa, shifokor tomonidan tashuv sanasidan koʻpi bilan 7 kun oldin imzolangan tibbiy sertifikat mavjud boʻlganda;

• agar egizaklar tugʻilishi moʻljal qilinayotgan boʻlsa, tashuv sanasida homiladorlik muddati 32 haftadan oshmasligi kerak;

• agar homiladorlik muddati 35 haftadan oshsa, faqatgina aviakompaniya tibbiy xizmati roziligi bilan va shifokor  yoki tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida tashuvga ruxsat etiladi.

Uzbekistan Airways homilador ayollardan havo transportida parvozlarni rejalashtirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, tavsiyalar va parvozga ruxsat olishlarini so‘raydi.

O‘zingiz va tug‘ilajak farzandingizni ehtiyot qiling.

 

PDF-ni yuklab oling