Aviakompaniya vakillari yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar. Imtiyozlar va xodimlarni rag‘batlantirish mehnat yarmarkasiga tashrif buyuruvchilarning asosiy savollaridan biriga aylandi. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi aviatsiyada ham, xavfsiz parvozlarni amalga oshirish uchun har bir xodimning kundalik ishlarida xushyorlik va zukkolik qanchalik muhimligi qayd etildi. Mehnat yarmarkasida doirasida “Karyera kuni” ham o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada 90 ga yaqin nufuzli xorijiy va mahalliy tashkilotlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Koreya, Yaponiya, Turkiya, Singapur, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston kabi mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari o‘z tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi.