Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Italiyaning Rimini shahridagi TTG Travel Experience-2024 ko‘rgazmasi ishtirokchisi

2024 10 Oktabr
102
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Italiyaning Rimini shahrida har yili o‘tkaziladigan turizm sohasiga bag‘ishlangan yetakchi xalqaro ko‘rgazmalardan biri – TTG Travel Experience ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir turizm bozorining barcha segmentlari, jumladan, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, operatorlar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlardan mutaxassislarni jalb qiladi.

Foto1

Ushbu ko‘rgazma doirasida Uzbekistan Airways Italiya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash, Italiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini rivojlantirishga qaratilgan yangi takliflar va yo‘nalishlarni muhokama qilish maqsadida hamkorlar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda.

Foto2

Uzbekistan Airways’ning bunday ko‘rgazmalardagi ishtiroki aviakompaniyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga, yangi hamkorlarni jalb qilishga yordam beradi va xalqaro aviatsiya xizmatlari bozorida milliy flagmanning obro‘sini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Toshkentdan Rim va Milan shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni haftasiga bir marta va haftasiga ikki marta amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling