“Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda mamlakatimiz sayyohlik kompaniyalari bilan birgalikda Qozog‘istonda KITF-2022 – “Turizm va sayohat” 20-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning har yillik professional ishtirokchisi sifatida aviakompaniya tomonidan yo‘lovchilarga taqdim etiladigan axborot faoliyati, havo kemasi aviaparki, xalqaro yo‘nalishlar, tariflar va boshqa xizmatlar haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Uzbekistan Airways mutaxassislari kelgusida hamkorlik qilish maqsadida Qozog‘istonning mahalliy va xorijiy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona, reklama agentliklari va yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda