Uzbekistan Airways 23-25 avgust kunlari Kuala-Lumpurda o‘tkazilayotgan Osiyo islom turizmi va savdosi AITEX-2024 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu tadbir Osiyo mintaqasida islom turizmi va savdosini rivojlantirishga qaratilgan asosiy B2B uchrashuvidir.
Aviakompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi va O‘zbekistonning sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Umra+” dasturiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘rgazma doirasida tashrif buyuruvchilar, shuningdek, Uzbekistan Airways yo‘nalishlar tarmog‘i va O‘zbekiston bo‘ylab turli xil sayyohlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.