1-aprel kuni Uzbekistan Airways Toshkent - Mumbay - Toshkent yo'nalishi bo'yicha pandemiyadan keyingi ilk muntazam aviaqatnovini bajarishni boshladi!
An'anaga muvofiq, Toshkent xalqaro aeroportidagi ro'yxatdan o'tish ustunlari ikki mamlakat bayroqlarining ranglari bilan bezatilgan.
HY427 ilk aviaqatnovi yo'lovchilarini Mumbayga uchib kelishlari bilan yoqimli syurpriz kutmoqda!
Eslatib o'tamiz, Toshkentdan Mumbayga borish va qaytish aviaqatnovlari haftada ikki marta, dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.