Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy xab” doirasida Namangandan parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda. Joriy yilning 31-mart kuni aviakompaniya Namangan-Nijnevartovsk-Namangan yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi. Endilikda Namangandan Rossiyaning Nijnevartovsk shahriga muntazam aviaqatnovlar bir marotaba – haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.
Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 16:00 da
Nijnevartovskga kelish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 19:45 da
Nijnevartovskdan uchish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 21:45 da
Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 01:35 da
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.