Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Olmaota, Aktobe va Oqtovga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi

2022 13 Yanvar
Ulashing

2022-yil 15-yanvardan boshlab, aviakompaniya Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Ta’kidlash joizki, Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08.00 dan 21.00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Ushbu munosabat bilan Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16-yanvar kuni bekor qilinadi, mazkur parvoz yo‘lovchilari 17-yanvar kuni Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.  

Olmaota va Aktobe, Oqtov shaharlarida bekor qilingan (2022-yil 7-dan 13-yanvarga qadar) qatnovlar yoʻlovchilari aviachiptaning toʻliq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Qozog‘istonga safar qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar quyidagi havola orqali davlatga kirish qoidalari bilan tanishishingizni so‘raymiz: https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0

To‘g‘ri tushunganingiz uchun tashakkur.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling