Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash va chet el fuqarolarining O‘zbekistonda sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan 2022-yilning 16-martidan boshlab bir qator koronavirus cheklovlari bekor qilindi va O‘zbekistonga kirishda yangi talablar joriy etildi. Asosiy talablar:
• Tegishli tartibda emlanganlik sertifikati/pasportiga ega bo‘lgan xorij fuqarolari PZR-test natijasisiz O‘zbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yoki pasportga ega bo‘lmagan taqdirda, respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin koronavirus infeksiyasiga topshirilgan PZR-testining manfiy natijali maʼlumotnomaga ega bo‘lishi (elektron QR-kodi bilan), yoki chegara o‘tish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi kerak bo‘ladi.
Uzbekistan Airways barcha yo‘lovchilardan O‘zbekiston Respublikasiga kirishda ushbu talablar bilan yana bir bor tanishib chiqishlarini so‘rab qoladi.