Faqat biznes-klass yo‘lovchilari uchun, quyidagi yo‘nalishlarda:
- O‘zbekiston – Istanbul – O‘zbekiston yo‘nalishlarida qo‘l yuki tashish me’yori – 15 kilogramm.
- Toshkent – Seul – Toshkent aviaqatnovlarida qo‘l yuki har biri 8 kilogrammli 2 ta qo‘l yuki etib belgilandi.
UzAirPlus dasturida qatnashayotgan yo‘lovchilar uchun yuk tashishning qo‘shimcha me’yori:
– “SILVER” – 15 kg;
– “GOLD” – 20 kg.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Urganch kabi shaharlaridan Istanbulga muntazam reyslarni bajaradi. Toshkent-Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa muntazam aviaqatnovlar har kuni amalga oshiriladi.