Uzbekistan Airways Ostona shahrida aviatashuvlar va logistika bo‘yicha TIACA mintaqaviy forumida ishtirok etdi.
Tadbirda 30 ta mamlakatdan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Ushbu forum aviatsiya sohasi mutaxassislariga Markaziy Osiyoning transport-logistika salohiyatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyatini taqdim etdi.