24-26 aprel kunlari Uzbekistan Airways “Oʻzbekiston” stendi tarkibida Qozogʻistonda boʻlib oʻtayotgan 22-xalqaro “Turizm va sayohat” – KITF-2024 koʻrgazmasida ishtirok etmoqda.
Respublikaning milliy aviatashuvchisi chet ellik turistlar oqimini rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda, Uzbekistan Airways xodimlari aviakompaniya faoliyati, tariflari va yo‘nalishlar tarmog‘i haqida ma’lumot berib, O‘zbekistonga ishbilarmonlik qiziqishini oshirish maqsadida turoperatorlar va tadbirkorlik sohasi vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya Toshkentdan Olmaotaga va ortga kuniga ikki marta, Toshkent – Ostona – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa dushanba, seshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Yaqin kelajakda O‘zbekiston shaharlaridan Qozog‘istonga yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan.