Sammit Janubiy Yevroosiyo mintaqasining havo transportini rivojlantirishga, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining aviatsiya va sayyohlik salohiyatini ochib berishga bag'ishlangan.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekspertlar hamjamiyati, investorlar va ishbilarmon doiralarni mintaqada havo transporti, fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasi va turizm sanoatini rivojlantirish uchun ochiladigan imkoniyatlarga jalb qilishdan iborat bo‘ldi. Forum umumiy auditoriyasi 270 dan ortiq ishtirokchilarni, 35 dan ortiq aviakompaniyalarni va 10 dan ortiq aeroportlarni qamrab oldi.
Ta'kidlash joizki, 2023-yilda Uzbekistan Airways Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Aviatsiya Sammitida ham ishtirok etgan.