“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bugun, 2022-yil 22-noyabr kuni Farg‘ona hamda Urganch xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:
HY-9616 Moskva – Urganch qatnovi Navoi aeroportiga yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnov belgilangan manzilga yetib borgan.
HY-9615 Urganch – Moskva qatnovi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.
HY-081 Toshkent – Farg‘ona, HY-339 Farg‘ona – Dubay, HY-340 Dubay – Farg‘ona, HY-072/HY-071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona, HY-082 Farg‘ona – Toshkent qatnovlari, shuningdek, HY-053 Toshkent – Urganch, HY-279/HY-280 Urganch – Istanbul – Urganch va HY-054 Urganch – Toshkent, HY-074/HY-073 Buxoro – Namangan – Buxoro, HY-9626/HY-9625 Moskva – Nukus – Moskva va HY-9606 Moskva – Samarqand kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Bundan tashqari, rejalashtirilgan HY-745/HY-746 Toshkent – Tbilisi – Toshkent qatnovlari ham kechikib amalga oshiriladi.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.