2022-yil 1-aprel kuni Uzbekistan Airways Samarqand – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand xalqaro aeroportidan birinchi xalqaro parvozni amalga oshirdi.
Shu kuni Samarqandda sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, shuningdek, diplomatik korpus, vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini bir joyga to‘plagan “Discovering Uzbekistan” birinchi sayyohlik anjumani bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 28-martdan Uzbekistan Airways Samarqand shahrida ikkinchi xab tashkil etib, Toshkent, Moskva, Istanbul, Olmaota va Sankt-Peterburgga amalga oshirishni boshlagan edi