Uzbekistan Airways'dan infotur doirasida Malayziya va Singapur sayyohlik kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga yetib kelishdi. Xizmat safari aviakompaniyaning Malayziyadagi vakolatxonasi tomonidan, Malayziyaning yo‘lovchi tashuvlari bo‘yicha agenti – Smart Global Adventures SDN BHD kompaniyasi ko‘magida tashkil qilindi.


