Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways to‘rtinchi LET L-410 havo kemasini qabul qilib oldi

2025 7 Aprel
Ulashing

7-aprel kuni Uzbekistan Airways LET L-410 rusumidagi to‘rtinchi havo kemasini o‘z flotiga tantanali ravishda qabul qildi. 

LET L-410 samolyoti ishlab chiqaruvchi zavodida parvoz xarakteristikalari tekshirilib, qabul qilib olinganidan so‘ng, Kunovitse shahridan (Chexiya) yoqilg‘i to‘ldirish maqsadida oraliq qo‘nish bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.  

Ushbu havo kemasi Silk Avia brendi ostida tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan. Ayni paytda uchta LET L-410 havo kemalari Nukus – Mo‘ynoq – Nukus, Toshkent – Shahrisabz – Toshkent, Toshkent – Zomin – Toshkent yo‘nalishlarida Silk Avia yo‘lovchilarini tashish uchun xizmat qilmoqda.

"LET L-410 rusumidagi to‘rtinchi havo kemasining sotib olinishi – bu O‘zbekistonda mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu ishonchli samolyotlar respublika shaharlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali olis hududlarning transport imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Biz yanada ko‘proq fuqarolarimiz uchun havo qatnovini qulay qilish maqsadida aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiramiz", – dedi Uzbekistan Airways Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.

LET L-410 – bu qisqa masofaga yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari uchun mukammal texnik va eng yaxshi iqtisodiy yechim. Ushbu turdagi havo kemasi o‘zining ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin. 

LET L-410 rusumli havo kemasi barcha aerodrom ishlari oʻtkazib boʻlinganidan so‘ng jadval bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga kirishi rejalashtirilgan.

Havo kemasi haqida ma’lumot:

•          Model: L-410 UVP-E20 – qisqartirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan ikki dvigatelli qisqa masofali transport havo kemasi. 

•          Xususiyatlari: Ekstremal ob-havo sharoitida (-50 °C dan +50 °C gacha) ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 

•          Yo‘lovchi sig‘imi: 19 ta yo‘lovchi o‘rindiqlari va moslashuvchan konfiguratsiyaga ega bo‘lib, unda yuk bo‘linmasini jihozlash mumkin. 

 

Asosiy xususiyatlari:  

•          Maksimal kreyser tezligi soatiga – 405 km.

•          Maksimal parvoz masofasi – 1 500 km.

•          Maksimal parvoz davomiyligi – 5 soat 10 daqiqa.

•          Maksimal parvoz ekspluatatsiya balandligi – 4 200 m.

•          Uchish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 510 m.

•          Qo‘nish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 500 m.

•          Havo kemasi elektron uskunalar Garmin GPS zamonaviy kommunikatsiya va navigatsiya tizimlari, xavfli yaqinlashishni oldini olish uchun takomillashtirilgan tizim bilan jihozlangan.

PDF-ni yuklab oling