Uzbekistan Airways xodimlari Toshkent KIMYO xalqaro universiteti talabalarining rangtasvir ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Aviatsiya mutaxassislarining milliy liboslari umumiy muhitga yorqin mos keldi. .

Ko‘rgazma yosh rassomlarning ijodiy salohiyati va mahoratini namoyish etish uchun ajoyib maydon bo‘ldi. Talabalar ijodi chuqur mazmuni, betakror ijro uslubi va milliylikning nozik aks ettirilishi bilan tomoshabinlarni hayratga soldi.
