Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Toshkentdan Omsk va Nijniy Novgorodga parvozlarni amalga oshiradi va “Sharqiy” xabni rivojlantiradi.

2023 2 Fevral
301
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yil bahor-yoz navigatsiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Aviakompaniya Toshkent-Omsk-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 26-martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari, shuningdek, Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 28-martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Aviakompaniyaning “Sharqiy” xabni rivojlantirish loyihasi doirasida aviaqatnovlar soni Namangandan ham ko‘paytirilmoqda.  Shu yilning 27-martidan boshlab Namangan-Orenburg-Namangan yoʻnalishi boʻyicha ham parvozlar tiklanadi. Muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi. 31-martdan boshlab esa Uzbekistan Airways haftada bir marta, juma kunlari Namangan-Nijnevartovsk-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkentdan, Namangandan parvoz qiluvchi yuqorida sanab o‘tilgan barcha aviaqatnovlar aviakompaniyaning kam byudjetli yo‘lovchi aviatashuvchisi hisoblangan – Uzbekistan Airways Express brendi ostida amalga oshirilib aviatsiya bozorida yo‘lovchilar uchun hamyonbop narxdagi aviachiptalarni taqdim etadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, “UzAirways” mobil ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling