Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchinchi LET L-410 havo kemasini qabul qilib oldi

2024 7 Noyabr
Ulashing

Bugun, 7-noyabr kuni Uzbekistan Airways "Toshkent-3" mahalliy aeroportida uchinchi LET L-410 rusumli havo kemasini tantanali kutib oldi.

LET L-410 samolyoti ishlab chiqaruvchi zavodida parvoz xarakteristikalari tekshirilib, qabul qilib olinganidan so‘ng, 5-noyabr kuni soat 07:00 da Kunovitse shahridan (Chexiya) Toshkentga qarab yo‘l oldi. Bolgariya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon va Qoraqalpog‘istonda yonilg‘i quyish uchun to‘xtab o‘tib, u o‘z manziliga muvaffaqiyatli yetib keldi. Ushbu havo kemasi Silk Avia brendi ostida tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan.

alt

Ayni paytda ikkita LET L-410 havo kemalari dushanba, juma va yakshanba kunlari Nukus – Mo‘ynoq – Nukus, chorshanba va shanba kunlari Toshkent – Shahrisabz – Toshkent, shuningdek, har kuni Toshkent – Zomin – Toshkent yo‘nalishlarida Silk Avia yo‘lovchilarini tashish uchun xizmat qilmoqda.

"LET L-410 rusumidagi uchinchi havo kemasining sotib olinishi O‘zbekistonda mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu zamonaviy va ishonchli samolyotlar respublika shaharlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali olis hududlarning transport imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Biz yanada ko‘proq fuqarolarimiz uchun havo qatnovini qulay qilish maqsadida aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiramiz", - dedi Uzbekistan Airways Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.

LET L-410 – bu qisqa masofaga yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari uchun mukammal texnik va eng yaxshi iqtisodiy yechim. Ushbu turdagi havo kemasi o‘zining ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin.

alt

LET L-410 rusumli havo kemasi barcha aerodrom ishlari oʻtkazib boʻlinganidan so‘ng jadval bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga kirishi rejalashtirilgan.

alt

Havo kemasi haqida ma’lumot:

L-410 UVP-E20 – qisqartirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan ikki dvigatelli qisqa masofali transport havo kemasi. Ekstremal ob-havo sharoitida (-50 °C dan +50 °C gacha) ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 19 ta yo‘lovchi o‘rindiqlari va moslashuvchan konfiguratsiyaga ega bo‘lib, unda yuk bo‘linmasini jihozlash mumkin.

  • Maksimal kreyser tezligi soatiga – 405 km.
  • Maksimal parvoz masofasi – 1 500 km.
  • Maksimal parvoz davomiyligi – 5 soat 10 daqiqa.
  • Maksimal parvoz ekspluatatsiya balandligi – 4 200 m.
  • Uchish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 510 m.
  • Qo‘nish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 500 m.

alt

Bortdagi elektron uskunalar Garmin GPS zamonaviy kommunikatsiya va navigatsiya tizimlari, xavfli yaqinlashishni oldini olish uchun takomillashtirilgan tizim bilan jihozlangan.

alt

PDF-ni yuklab oling