Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchuvchilar maktabining birinchi bitiruvchilari

2024 2 Iyul
Ulashing

Uzbekistan Airways bosh ofisida aviakompaniya parvoz maktabining birinchi bitiruvchi-uchuvchilariga sertifikatlar topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniya tarixida birinchi marta uchuvchilarni tayyorlash “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ bazasida o‘tkazildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa, soha uchun kadrlar tayyorlashda har bir qadam oqilona va maqsadli qo‘yilishi kerakligini ta’kidladi.

Ustozlar va boshqaruv xodimlari aviakompaniya uchun bunday muhim voqea va O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlash O‘quv-mashg‘ulot markazi negizida qanday o‘tayotgani haqida fikr bildirdilar. Uzbekistan Airways, ko‘plab xalqaro aviakompaniyalar singari, uchuvchilar jamoasini yosh va shijoatli kadrlar bilan to‘ldirishga intilmoqda. Uchuvchilarni tayyorlash – bu uzoq vaqt va mashaqqatli mehnatni talab qiladigan butun bir tizimli ish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan aviakompaniya “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ negizida uchuvchi-mutaxassislarni tayyorlashni boshladi. Tanlov o‘tkazilgandan so‘ng guruhga besh nafar tinglovchi qabul qilindi. COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-yilda darslar jarayoni vaqtincha to‘xtatildi, ikki yildan so‘ng mashg‘ulotlar qayta tiklandi.

O‘quv jarayonida yuqori malakali mutaxassislar-aviatorlar, boshqaruv xodimlar tarkibi ishtirok etdi. Parvoz amaliyoti Cessna-172 havo kemasida amalga oshirildi.

Ushbu dastur Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) va O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari talablariga javob beradi.

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov uchuvchilar maktabining birinchi tinglovchilarini diplomlar bilan taqdirlab, butun dunyo bo‘ylab fuqaro aviatsiyasi mutaxassislariga talab ortib borayotganini qayd etdi, shuningdek, ustozlarga alohida minnatdorchilik bildirdi. “Biz aviator-xodimlarimiz xalqaro aviakompaniyalar bilan bir qatorda eng yaxshi sharoitlarda ishlashlarini ta’minlash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”.

Boeing 767 havo kemasi uchuvchisi sertifikatini Sharipov A.Sh., Odilov F.D., Mahmudov X.R. va Nuriddinov A. A. qabul qilib olishdi. Hozirgi vaqtda O‘quv-mashg‘ulot markazida bo‘lajak uchuvchilarni tayyorlash davom etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, aviakompaniya mamlakatimizning ikkita yetakchi universiteti bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Toshkent davlat transport universiteti aviakompaniya bilan birgalikda “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Aerokosmik muhandislik” yo‘nalishi uchun javobgar bo‘ladi. O‘quv jarayonlari 2+2 formatida uchuvchilarni tayyorlashni ko‘zda tutadi: ikki yil o‘qish universitetda va yana ikki yil aviakompaniyaning O‘quv-mashg‘ulot markazi qoshidagi uchuvchilar maktabida bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar aviakompaniya uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish, jumladan, talabalarning amaliy mashg‘ulotlari va amaliyotini tashkil etishga qaratilgan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. TDTU va TPU ta’lim muassasalarining eng yaxshi bitiruvchilarini ishga qabul qilish mexanizmi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, ular kasbiy tayyorgarlik va sog‘lig‘i bo‘yicha aviakompaniyaning standart talablariga javob berishi kerak.

Kelishuv 2024/2025 o‘quv yilidan kuchga kiradi.

PDF-ni yuklab oling