Uzbekistan Airways uchuvchilarni ishga qabul qiladi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi A320/321, Boeing 767 samolyotlariga havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchilarni ishga qabul qilishini e’lon qilinadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. А320/321, Boeing 767 havo kemalari uchun ruxsatnoma;
2. FA uchuvchisining amaldagi guvohnomasi (АTPL);
3. Amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
4. ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
5. RNAV, RVSM, EDTO, FANS, CAT II ICAO parvozlariga ruxsatnoma;
6. 6 oydan koʻp bo‘lmagan muddatda parvoz ishidagi tanaffus;
7. HKKlar uchun A320/321 turidagi havo kemalarda parvoz vaqti – kamida 1000 soat, ikkinchi uchuvchilar uchun – kamida 500 soat;
8. Guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
9. Nomzodning yoshi 55 yoshgacha;
Hujjatlar quyidagi elektron pochtaga yuborilsin: fd.commission@uzairways.com
Hujjatlarni qabul qilish 02.06.2023yilgacha amalga oshiriladi.
Saralashning rejalashtirilgan sanasi 12-18.06.2023, Toshkent shahrida.
Tanlov bosqichlari:
1. Suhbat;
2. ICAO shkalasi bo‘yicha inliz tili darajasini tekshirish;
3. Trenajyor sinov.
Shartnoma tuzish muddati – 12 oy, keyinchalik uzaytirish bilan.
Tanlov ishtirokchilari tanlov o‘tkaziladigan joyga va ortga qaytish uchun “Uzbekistan airways” AJ reyslariga aviachiptalar taqdim etiladi;
HKK uchun oylik maosh 8000 AQSH dollaridan, ikkinchi uchuvchi uchun esa 3000 AQSH dollaridan boshlanadi;
Mehnat ta’tili 45 ish kunigacha;
Uchuvchi va oilasi uchun yilda bir marta chegirmali aviachiptalar beriladi.
Eslatma: To‘ldirishingiz va yuborishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.