Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways va Airbus: 12 ta yangi havo kemasi yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma tuzildi

2022 24 Noyabr
1
Ulashing

Uzbekistan Airways 30 yillik faoliyati davomida rivojlanib, Markaziy Osiyoning yetakchi aviakompaniyasiga aylandi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasini samolyot parkini modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturda qo‘llab-quvvatlagan Airbus hamkorlarimizning doimiy majburiyatisiz bu muvaffaqiyatga erishib bo‘lmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi 5100-sonli Qaroriga muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJ transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda. Transformatsiya jarayonidagi katta o‘zgarishlardan biri bu – kompaniya aviaparkini unifikatsiyalash hisoblanadi. Uzbekistan Airways shu yilning o‘zida 3 ta Airbus A321NEO qabul qilib oldi, yil oxirigacha yana ikkita zamonaviy havo kemasi aviparkka kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airways Airbus bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni 1993-yilda boshla boʻlib, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va hozirda “Uzbekistan Airways” AJ A310 havo kemasidan boshlab Gʻarbda ishlab chiqarilgan zamonaviy samolyotlar parki bilan yangi davrga kirib kelgan mintaqadagi birinchi aviakompaniya boʻldi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi doimo aviatsiya korxonalari bilan yaqin aloqada boʻlib kelgan boʻlsa, keyingi yillarda A310 va boshqa turdagi havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz imkoniyatlariga ega boʻldi. Ushbu muvaffaqiyatning ikkinchi muhim omili 2010-yilda xizmatga kirishgan A320CEO tanlovi boʻlsa, 2019-yilda esa aviakompaniya aviaparkiga qoʻshilgan A320NEO boʻldi.  

Fransiyaga yuqori darajadagi tashrif doirasida Uzbekistan Airways va Airbus o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi. Airbus oilasining 12 ta yangi samolyotini (shu jumladan A320NEO va A321NEO) sotib olish bo‘yicha 2029-2030 yiilarda yetkazib berish sharti bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, “Airbus Helicopters” kompaniyasi bilan “Uzbekistan Helicopters” MCHJ uchun o‘rta muddatli istiqbolda H145 ikkita vertolyotni yetkazib berish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Uzbekistan Airways va Airbus o‘rtasida imzolangan uzoq muddatli shartnomalar bugungi kunda aviakompaniyamiz tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan samolyotlarning yuqori sifatini belgilaydigan tarixiy kelishuvdir. Bundan tashqari, ushbu shartnomalar ikki mamlakat fuqaro aviatsiyasi sohasi mutaxassislarini tajriba almashish, tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yana bir imkoniyat. Biz Airbus bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz va yaqin kelajakda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatidamiz, – Ilhom Mahkamov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.

Aviakompaniya zamonaviy A320NEO va A321NEO havo kemalarini mintaqaviy va uzoq masofali yo‘nalishlarda foydanalishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya yangi yoʻnalishlarni ochishni, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga avvalgi mashhur boʻlgan yoʻnalishlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Havo parkini yangi Airbus havo kemalari bilan toʻldirish esa ushbu muammolarni hal qilishda yordam beradi. 

 

PDF-ni yuklab oling