Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways xodimlari Samarqandga tashrif buyurdi

2025 25 Mart
Ulashing

Navro‘z bayrami kunlari Uzbekistan Airways xodimlari O‘zbekistonning asosiy madaniy markazlaridan biri – qadimiy Samarqand shahriga qiziqarli sayohat uyushtirdilar. 

Madaniy sayohat jamoaviy ruhni mustahkamlash va mamlakatning boy tarixiy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan korporativ tadbirlarning bir qismi bo‘ldi. Aviakompaniya xodimlari Samarqandning diqqatga sazovor joylari, jumladan, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Sayohat davomida hozirgacha qo‘lda qog‘oz tayyorlashning qadimiy texnologiyalaridan foydalanib kelinayotgan qog‘oz fabrikasiga ham ekskursiya tashkil etildi. Ajoyib kashfiyot yangi madaniy-ko‘ngilochar majmua – "Abadiy shahar" bo‘lib, u asl milliy uslubda yaratilgan.

Jamoaviy sayohat ishtirokchilarga nafaqat bahor bayrami muhitidan bahramand bo‘lish, balki Navro‘z bilan bog‘liq an’ana va urf-odatlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Ayniqsa, milliy taomlar, jumladan, palov, sumalak va an’anaviy shirinliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Uzbekistan Airways madaniy va milliy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, korporativ madaniyat va jamoa birligini rivojlantirish orqali xodimlar uchun qulay muhit yaratishga intiladi.
 

PDF-ni yuklab oling