Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways yangi amaliyot dasturini ishga tushirmoqda

2022 1 Iyul
1
Ulashing

2022-yilning 30-iyundan Uzbekistan Airways yangi amaliyot dasturini ishga tushurdi. Amaliyot o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar o‘quv yurtining bakalavr yo‘nalishida 3-4 kurs, magistratura yo‘nalishida 1-2 kurs yoki oliy o‘quv yurtining 2022-yil bitiruvchilari orasidan tanlab olinadilar.

Ushbu dastur talabalar uchun muhin tajribaga ega bo‘lish, ish uchun zaruriy ko‘nikmalarni olish, oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarini ishda qo‘llash va aviatsiya sohasini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir. Uzbekistan Airways talabalarni kelgusida o‘z professional yo‘lini boshlashlariga yordam beruvchi ma’lumotga ega bo‘lishlarini va aviakompaniya jamoasiga yosh, tashabbuskor mutaxassislarni jalb qilishni rejalashtirgan.

Bugungi kunda amaliyot o‘tash uchun 3 ta bo‘linmalar mavjud:

– Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti;

– Strategik va loyiha menejmenti departamenti;

– Yuridik boshqarma.

Amaliyot iyul oyida boshlanadi va 2022-yil avgust oyi oxirigacha davom etadi. Ariza topshirish uchun quyida ko‘rsatilgan elektron manzilga toʻliq maʼlumot bilan rezyumeni yuborish talab etiladi:

Evgeniya.Lityanskaya@uzairways.com

Nadira.Talipova@uzairways.com

Amaliyot o‘tash uchun yo‘nalishni ko‘rsatishni unutmang.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali bilib olishingiz mumkin: 78-140-45-82 (dushanba-juma).

PDF-ni yuklab oling