Loyihaning asosiy maqsadi – “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar orzularini ro‘yobga chiqarish. Ijtimoiy parvozlar Samarqand, Buxoro, Urganch kabi mashhur shaharlarga hamda O‘zbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari bo‘ylab amalga oshiriladi.
Loyiha ayollarga bir oz bo‘lsada hayotning kundalik muammolarini unutish va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun vaqt ajratish imkonini beradi.