8-mart munosabati bilan aviakompaniyaning bosh ofisida yorqin moda namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida KIMYO International University in Tashkent talabalari milliy uslubdagi liboslarni taqdim etdilar. Jonli ijrodagi qo‘shiqlar, bayramona muhit va mehmonlarning ko‘tarinki kayfiyatlari – bularning barchasi ushbu kunni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishini hamda unutilmas bo‘lishini ta’minladi.




Barcha ayollarni yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! Orzularingiz doimo amalga oshib, yangi marralar singari yuqorilab boraversin!