Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways’da korruptsiyaga qarshi yangi loyiha

2022 16 Dekabr
Ulashing

Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ilg‘or xalqaro standartlar talablariga javob beradigan tizimini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2022-yilning 15-dekabr kuni unda  “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyatini ISO 37001:2016 standartlarini joriy etishning birinchi bosqich yakunlari haqida xabardor qilish maqsadida aviakompaniya qo‘mondonlik-boshqaruv shtabining yig‘ilishi o'tkazdi.

news

ISO 37001:2016 xalqaro standarti aksiyadorlik jamiyatiga korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, saqlash va takomillashtirishda yordam beradi. U korruptsiyaga qarshi kurashishning bir qator usul va vositalarini belgilab berib, ularning qo`llanilishi tashkilotda korrupsiyaning oldini olish, o`z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishni ta`minlashga ko`maklashadi.

Shu o‘rinda “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham xizmatlar ko'rsatishda inson omilini minimallashtirish, yo'lovchilar va yuklarni tashish, xodimlarni jalb qilish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

news

“Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga ISO 37001:2016 xalqaro standartini joriy etish loyihasi o‘z ichiga to‘rt bosqichni oladi, ularni to‘liq amalga oshirish esa 2023-yilga mo‘ljallangan.

PDF-ni yuklab oling