Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways’dan “Yoshlar oyligi” uchun chegirma

2023 8 Iyun
Ulashing

     Uzbekistan Airways 9-iyundan boshlab iyun oyida barcha mahalliy reyslar uchun aviachiptalar tariflarga 15 foiz chegirma e’lon qiladi. Chegirmalar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun bo‘lib 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. 15% chegirma faqat 2023-yil iyun oyida amalga oshiriladigan sotuvdagi ichki yoʻnalishlarning ekonom-klass tariflariga taalluqlidir.

Chegirmalar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar oyligi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, chiptalarni faqat Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi agentlaridan xarid qilishd mumkin.

Markaziy Osiyo qanotlarida O‘zbekiston bo‘ylab qulay narxlarda sayohat qiling!

Chegirmadan foydalanishning batafsil shartlari:

  1. Sotuv muddati 09.06.2023 dan 30.06.2023 gacha;
  2. Amal qiladigan sana: 09.06.2023 dan 30.06.2023 gacha;
  3. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta uchun to'lovni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo'llanilmagan holda ishlatilgan segment uchun yo'l haqi yechib olinadi;
  4. Chegirma muddatiga to'g'ri kelmaydigan reyslar uchun chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo'llanilmagan holda to'liq tarif darajasiga qo'shilishi kerak;
  5. 2023-yil 9-iyundan 30-iyungacha bo‘lgan davrda Aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
  6. 2023-yil 1-iyuldan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qo‘llanilmaydi;
  7. Chegirma faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi. Agar parvoz sanalaridan biri chegirma muddatiga to'g'ri kelmasa, aviachiptalar alohida sotib olinadi;
  8. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  9. Aviachiptalarni chegirma bilan “Uzbekistan Airways Sales” filialida va uning agentlaridan hamda mamlakatimiz hududidagi aeroportlarda sotib olish mumkin;  
PDF-ni yuklab oling