Uzbekistan Helicopters vertolyot parvozlari – bu yetib borish qiyin boʻlgan togʻli hududlarga uyushtiriladigan ekskursiyalarning yangi turi. Siz O‘zbekistonni avval hech ko‘rmagan tarzda – qush parvozi balandligidan vertolyotda ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Bugungi kunda aviakompaniyaning vertolyot parkida Mi-8MTV, Airbus H125 va Airbus H130 kabi vertolyotlar mavjud.
Ta’kidlash joizki, Uzbekistan Helicopters nafaqat eksperimental, ilmiy-tadqiqot va yuklash-tushirish ishlarini, balki Mi-8MTV vertolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda “Heliski” va “Helibike” qatnovlarini ham amalga oshiradi.