Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Xalqaro erkaklar kuni

2022 19 Noyabr
Ulashing

Osmonlarda parvoz qilishni ko‘pchilik orzu qiladi va o‘zlari uchun yangi dunyoni kashf qilishga intiladi. Kimlar uchundir havo kemasida uchish haligacha orzu bo‘lsa, kim uchundir bu kasb sanaladi. Ana shu kasb egalari bortkuzatuvchilar. Bortkuzatuvchilarga parvoz jarayonida yo‘lovchilar va havo kemasi xavfsizligiga javob berish mas’uliyati yuklanadi. Mana shunday mas’uliyatli kasbni 3 yarim yildan buyon o‘z hayotiga aylantirgan bort kuzatuvchilardan biri – Otabek Yusupov. Otabek Yusupov o‘z kasbining professionali hamda hamkasblari orasida nafaqat bilimi va xalqaro tajribasi balki kuchli irodasi, shijoatliligi bilan ham ajralib turadi. 19-noyabr Xalqaro erkaklar kuni munosabati bilan muxbirimiz Otabekdan intervyu oldi. 

 

Bu kasbni tanlashingizga nima sabab bo‘lgan?

– Bu kasbni tanlashimga sabab dunyoni kezish, parvoz qilish bo‘lgan. Men avval mehmonxona sohasida xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritganman. Qatarda bo‘lgan kezlarimda, u yerning aeroportida ba’zida chet el aviakompaniyalarining uchuvchilari, bortkuzatuvchilari bilan suhbatlashar, ularning sohasiga oid savollar berar edim va shu tariqa qiziqishim ortdi. O‘zbekistonga qaytib kelganimda esa Uzbekistan Airways aviakompaniyasida bort kuzatuvchilik lavozimiga tanlov e’lon qilindi, tanlovga ariza berdim va qarangki omadim kelib qabul qilindim.  

Parvoz vaqtidagi siz va yo‘lovchilar o‘rtasida bo‘lgan eng esda qolarli voqeani aytib bering!

– Parvoz jarayonida esda qolarli voqealar ko‘p bo‘lib turadi. Lekin eng unutilmasi bu parvozda davomida yo‘lovchining tobi qochib qolgani, bu Samarqand – Olmaota yo‘nalishida sodir bo‘ldi. Boshida uning o‘zi ham nima ro‘y berayotganini tushunmagan va bizga murojaat qilib unga ukol qilishimizni so‘ragan. Lekin bizda bu muolajani qilish uchun ruxsatnoma yo‘qligi uchun rad etganmiz. Shunday bo‘lsada yo‘lovchi o‘ziga o‘zi ukol qilgan chunki kasbi shifokor ekan. Ammo ahvoli borgan sari og‘irlashib borgan. Unga nafas olishi yengil bo‘lishi uchun kislorod ballonini berganmiz. Yo‘lovchini havo kemasining oshxona bo‘limiga olib chiqqanmiz, o‘rindiqlarni yoyib uni ustiga yotqizganmiz va men yo‘lovchini ushlagan holda shu tariqa aeroportga qo‘nganmiz.

Aviatsiya sohasida erkak bortkuzatuvchilar bo‘lishi aslida shartmi? Agar shart bo‘lsa o‘rni qanchalik muhim?

– Albatta kerak. Chunki bizning ish jarayonimiz osmonda kechadi va parvoz vaqtida esa asosiy vazifalarimizdan biri avariya holatini oldini olish hisoblanadi. Agar shunday vaziyat bilan to‘qnash keladigan bo‘lsak biz birinchi navbatda yo‘lovchilar xavfsizligi haqida o‘ylaymiz. Undan tashqari, parvoz vaqtida erkak kishining yordami kerak bo‘ladigan turli xil vaziyatlar bo‘ladi. Qolaversa biz yo‘lovchilar orasida qanday insonlar bor ekanligini bilmaymiz. Ular orasida qoidalarni buzuvchi, spirtli ichimlik ichgan yoki shunga o‘xshash narsalarni iste’mol qilganlari ham bo‘lishi mumkin va shu kabi yo‘lovchilar janjallar chiqarib boshqa yo‘lovchilarning tinchini buzishi mumkin. Mana shunday vaziyatlarda erkak kishining kuchi ko‘proq qo‘l keladi.

Uchuvchi bo‘lishni hech orzu qilib ko‘rganmisiz?

– Ayni vaqtda Toshkent davlat texnika universitetining 4-bosqich talabasiman. Kelajakda o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng uchuvchilik kasbini egallash niyatim ham bor. Agarda Uzbekistan Airways uchuvchilikka o‘qitish tanlovini e’lon qilib qolsa albatta qatnashib o‘z omadimni sinab ko‘rishni xohlar edim. Buni nafaqat men balki boshqa hamkasblarim ham istashadi. Qolaversa, men tanigan sobiq bortkuzatuvchilar orasida o‘z faoliyatini bortkuzatuvchilikdan boshlab hozirgi paytda uchuvchilik kasbini egallaganlari ham bor. Kim biladi deysiz, balki 10 yildan keyin uchuvchi sifatida intervyu berarman.    

Bu kasb orqali olgan eng katta darsingiz?

– Har qanday vaziyat bo‘lmasin, biz o‘zimizni doimo yaxshi tutishimiz, xolis fikrlashimiz kerak. Chunki har bir qilayotgan ishimizning natijasi o‘zimizga bog‘liq. Insonlarga ko‘rsatayotgan yordamimiz esa ularni xayotini saqlab qolishi mumkin. Bularning ortida katta mas’uliyat, kuchli bilim yotadi. Kasbim menga mana shularni o‘rgatdi va o‘rgatishda davom etmoqda.

 

Navbat blits savollarga.

 

Har bir bortkuzatuvchida bo‘lishi kerak bo‘lgan uch predmet?

Hujjatlari, shaxsiy sumkasi va xizmat ruxsatnomasi.

Eng yoqtirgan parvoz yo‘nalishingiz?

Toshkent – Urganch – Toshkent.

Uzbekistan Airwaysni tanlagansiz chunki…?

O‘zbekistonda bo‘lgani uchun.

Ish formangiz o‘zingizga yoqadimi?

Albatta yoqadi.

Havo kemasi yerga qo‘ngandan keyin aytadigan birinchi so‘zingiz?

Xudoga shukur.

Bortkuzatuvchilik faoliyatida hech bo‘lmasa bir marotaba qilinishi kerak bo‘lgan ish bu…?

Yaxshi joylarga uchib kelish.

Intervyu yakunidagi so‘ngi so‘zingiz.

Hammalarizga rahmat. Uzbekistan Airways’da ishlayotganimdan hursandman va kelajakda ham shu aviakompaniyada qolib uning rivojlanishiga hissa qo‘shaman degan umiddaman.

 

Biz Otabek Yusupovning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaymiz va dunyo bo‘ylab yangi nuqtalarni kashf qilishida tilakdoshmiz.

 

PDF-ni yuklab oling