Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan biriga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz! Parvozlar 17-noyabrdan boshlab, yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 12:40; Xanchjouga yetib borish soat 22:00;
- Xanchjoudan jo‘nab ketish soat 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat 04:10.
Bir tomonlama aviachipta narxi 4 046 000 so‘mdan, Toshkent – Xanchjou – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 003 000 so‘mdan boshlanadi. Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.