Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Xodimlarimizning yangi g‘alabalari

2024 20 May
178
Ulashing

    18-19 may kunlari Samarqand shahrida “World Triathlon Cup Samarkand-2024” bo‘lib o‘tdi, unda Uzbekistan Airways muhandis-inspektori Rajabov Alisher Ulug‘bekovich 50-54 yoshdagi ishtirokchilar kategoriyasida uchinchi o‘rinni egalladi!

Musobaqalar standart olimpiya masofasida o‘tkazildi — 1500 m suzish, 40 km velopoyga, 10 km yugurish.

Shuni ta'kidlash kerakki, Samarqanddagi Jahon Kubogi doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi, unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov Prezidentimizning sportga katta e’tibori tufayli oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlar, xususan triatlon rivojlanib, yangi cho‘qqilarni zabt etayotganini, milliy jamoa uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganini, bu yo‘nalish aholisi o‘rtasida ommalashayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida, xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi yaqinda tashkil etilganiga qaramasdan, uning sezilarli o‘sishini alohida ta'kidladilar.

Uzbekistan Airways sovrindori Alisher Rajabov - harakat bu hayot ekanligini va muntazam sport bilan shug‘ullanish organizmni tetik tutib, shijoatli bo‘lish hamda o‘z ishiga jon-jahdi bilan kirishish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.

Sport bilan shug‘ullaning, sog‘lom bo‘ling va yangi cho‘qqilarni zabt eting!  

PDF-ni yuklab oling