Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlar: Namangan – Olmaota – Namangan

2022 26 Mart
Ulashing

2022-yil 30-martdan boshlab “Sharqiy” xab loyihasi doirasida “Uzbekistan Airways” AJ Namangan – Olmaota – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. 
 
Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 996 863 so‘mdan (bagajsiz) va 1 072 574 so‘mdan (bagaj bilan), Namangan – Olmaota – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 1 669 213 so‘mdan (bagajsiz) va 1 795 398 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.  
 
Narxlar 26.03.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.
 
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling