Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yangi yo’nalish: Toshkentdan Tokioga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi

2022 19 Avgust
Ulashing

2022-yil 18-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirdi. Boeing 767 havo kemasi tongda Narita xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Eslatib o‘tish joiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Yaponiyaga Toshkent – ​​Osaka – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reyslarni 2001-yilda amalga oshirishni boshlagan.

2003-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi va Yaponiya aviatsiya ma’muriyati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni hisobga olgan holda, Yaponiyaning boshqa shaharlariga ham qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqish boshlandi. Yaponiya hukumati ruxsati bilan Osakaga parvozlardan tashqari, aviakompaniya Narita shahriga haftasiga ikki marta reyslarni amalga oshira boshladi. Biroq 2020-yilda mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi parvozlarni amalga oshirishga o‘zgartirishlar kiritdi va ikki davlat o‘rtasidagi qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi.  

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Yaponiya uzoq yillardan buyon strategik biznes hamkorlar hisoblanadi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun Tokioga parvozlar ham ustuvor ahamiyatga ega, shuning uchun O‘zbekiston va Yaponiya parvozlari 20 yildan ortiq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Kelgusida, shuningdek, pandemiyadan avvalgi Yaponiyaning boshqa shaharlariga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish va havo kemalarining barqaror yo‘lovchi tashishini ta’minlash ham rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugundan boshlab Toshkent – ​​Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling