Bugun, 24-noyabr kuni soat 04:10 da (Toshkent vaqti bilan) HY-274 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yetib kelishi rejalashtirilgan qatnovi havo kemasining texnik sabablarga ko‘ra kechikmoqda.
Ayni vaqtda havo kemasiga muhandislar texnik xizmat ko‘rsatishmoqda. Yaqin vaqt ichida ushbu aviaqatnov o‘z manzili bo‘yicha jo‘nab ketishi kutilmoqda.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.