Bugun, 2022-yil 16-dekabr kuni Boeing 757 texnik sabablarga ko‘ra HY-049/HY-050 Andijon - Samarqand - Andijon va HY-092 Andijon - Toshkent qatnovlari majburiy bekor qilindi.
Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.