2022-yil 19-dekabr kuni Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:
HY-018 Nukus – Toshkent va HY-336 Jidda – Toshkent qatnovlari Samarqand zaxira aeroportiga, HY-274 Istanbul – Toshkent va HY-9662 Yekaterinburg – Toshkent, HY-708 Vladivostok – Toshkent va HY-9646 Mineralniye Vody– Toshkent qatnovlari Navoiy aeroportiga, HY-614 Domodedovo – Toshkent va HY-426 Dehli – Toshkent qatnovlari Buxoro aeroportiga va HY-9802 Perm – Namangan reysi Farg‘ona aeroportiga majburiy ravishda yuborildi. Ushbu yoʻnalishdagi reyslar o‘z manzillari bo‘yicha jo‘nab ketishdi.
Shu munosabat bilan HY-9619/HY-9620 Namangan – Moskva – Namangan, HY-9608/HY-9607 Moskva – Buxoro – Moskva, HY-9606 Moskva – Samarqand, HY-057/ HY-058 Toshkent-Urganch-Toshkent qatnovlari kechiktirilgan holda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.