Chunki har payshanba kuni mashhur yo‘nalishlarga aviachiptalarni tariflardan 20% gacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyatiga egasiz! Ertaga, 28-mart kuni aksiya e’lon qilingan jadval tugagunga qadar quyidagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi:
- Toshkentdan Anqara, Kuala-Lumpur, Mumbay, Sharja va ortga;
- Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan Istanbulga va ortga;
- Navoiy, Nukus, Urganchdan Moskvaga va ortga;
- Namangandan Yekaterinburgga va ortga.
Chegirma faqat bir kun davomida – 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi!
Aksiyasining batafsil shartlari:
- Aksiya muddati 2024-yil 28-mart soat 00:00 dan 23:59 gacha;
- Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
- kattalar uchun tarifdan – 20% gacha;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% gacha;
- chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
- Ilgari sotib olingan aviachiptalar 28.03.2024da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
- Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
- Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
- Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
- Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Anqara, Kuala-Lumpur, Dubay, Sharja va ortga, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan Istanbulga va ortga, Navoiy, Nukus, Urganchdan Moskvaga va ortga, Namangandan Yekaterinburgga va ortga. qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, mobil ilova orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.
Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.
Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.
Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi.