Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Yorqin payshanba” aksiyasi davom etadi

2023 10 May
Ulashing

2023-yilning 11-may kuni “Yorqin payshanba” aksiyasini davom ettirish doirasida Uzbekistan Airways quyidagi yo‘nalishlarning aviachiptalari tarifiga 20% chegirma taqdim etadi:

  • Toshkent – ​​Sankt-Peterburg – Toshkent
  • Namangan – Moskva – Namangan
  • Namangan – Orenburg – Namangan
  • Namangan – Sochi – Namangan
  • Namangan – Perm – Namangan
  • Namangan - Samara - Namangan
  • Namangan – Yekaterinburg – Namangan
  • Namangan – Krasnoyarsk – Namangan
  • Namangan – Ufa – Namangan
  • Namangan – Irkutsk – Namangan
  • Namangan – Nijnevartovsk – Namangan
  • Namangan – Omsk – Namangan

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Uzbekistan Airways bilan qulay sayohat qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 11-may soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Yo‘nalishlar: Toshkentga/dan Sankt-Peterburgga va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish, faqat Namangandan Moskva, Orenburg, Sochi, Perm, Samara, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Ufa, Irkutsk, Nijnevartovsk, Omsk va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 15%;
  • Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  2. Chegirma bilan chiqarilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak;
  3. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 04.05.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  4. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  5. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida (UZS/USD/RUB), O‘zbekiston Respublikasi hududida (“Uzbekistan airways sales” filiali va uning agentlarida), shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilish mumkin (250210 ...). BSP agentlari bundan mustasno. Saytdagi xarid qilish jarayoni avtomatik ravishda, agentlar tomonidan esa jonli tarzda, kattalar va o'rindiqlarni egallaydigan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 15% chegirma bilan (belgilangan CH25% chegirmadan tashqari) amalga oshiriladi;
  6. Yuqoridagi chegirma bilan aviachiptalar uchun komissiya belgilangan tartibda taqdim etiladi;
  7. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  8. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari (saytda 3% chegirma qo‘llanilmaydi);
  9. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentga/dan Sankt-Peterburgga va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish, faqat Namangandan Moskva, Orenburg, Sochi, Perm, Samara, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Ufa, Irkutsk, Nijnevartovsk, Omsk va ortga qaytuvchi reyslar uchun taqdim etiladi. Chegirma CodeShare reyslarida va tijorat shartnomalari bo‘yicha e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi. 

Ushbu nashr faqat 2023-yilning 11-may kuni uchun amal qiladi.

PDF-ni yuklab oling