Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Yorqin Payshanba” – Uzbekistan Airways’dan ajoyib chegirmalar

2023 9 Avgust
777
Ulashing

   Faqat 10-avgust kuni, shu payshanba, Toshkentdan Blagoveshchensk, Grozny, Dubay, Sharja, Omsk, shuningdek, Namangandan Omsk, Yekaterinburkka va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar uchun aviachiptalarni tariflar narxidan 20% chegirma bilan xarid qiling.

Shoshiling, chegirma faqat bir kun, 00:00 dan 23:59 gacha davom etadi va parvozlar jadvali tugagunga qadar ushbu aksiyada ko‘rsatilgan aviakompaniyaning barcha aviaqatnovlariga amal qiladi.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 10-avgust soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 10.08.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Blagoveshchensk, Grozny, Dubai, Sharja, Omsk, shuningdek, Namangandan Omsk, Yekaterinburkka va orqaga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling