2023 yil 7-dekabr – sizni ushbu sanani eslab qolishni taklif qilamiz. Faqat shu kunda Uzbekistan Airways Toshkentdan Anqara, Dehli, Dushanbe, Milan, Pekin, Seul, Tokio, Urumchi, Sharja va ortga qaytuvchi, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Fargʻonadan Istanbulga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar uchun eʼlon qilingan jadval tugaguniga qadar barcha aviaqatnovlarga tariflar narxidan 20% chegirma eʼlon qiladi.
Shoshiling, chunki aksiya bir kun davomida amal qiladi – 00:00 dan boshlab 23:59 ga qadar! Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Aksiyasining batafsil shartlari:
- Aksiya muddati 2023-yil 7-dekabr soat 00:00 dan 23:59 gacha;
- Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
- kattalar uchun tarifdan – 20%;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
- chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
- Ilgari sotib olingan aviachiptalar 07.12.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
- Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
- Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
- Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
- Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Anqara, Dehli, Dushanbe, Milan, Pekin, Seul, Tokio, Urumchi, Sharja va ortga qaytuvchi, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Fargʻonadan Istanbulga va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.
“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.
Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.
Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.
Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.