Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yoz boshlanmoqda – “Yorqin payshanba” davom etmoqda

2023 31 May
1
Ulashing

Yoz mavsumi kelishi bilan ko‘pchilikda an’anaviy ravishda rejalashtirilgan ta’tillar boshlanadi. Uzbekistan Airways “Yorqin Payshanba” aksiyasi doirasida eng mashhur:

 

- Toshkent-Parij-Tashkent

- Toshkent-Milan-Toshkent

- Urganch-Parij-Urganch

- Urganch-Milan-Urganch

- Toshkent-Tokio-Toshkent

- Toshkent-Jakarta-Toshkent

- Toshkent-Urumchi-Toshkent

- Namangan-Omsk-Namangan

- Namangan-Ufa-Namangan

- Namangan-Nijnevartovsk-Namangan

- Namangan-Krasnoyarsk-Namangan kabi yo‘nalishlarga 20% chegirma e’lon qiladi!

 

Chegirmadan foydalanishning shartlari:

 

  1. Aksiya muddati 2023-yil 1-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining – 25 foizini tashkil qiladi);
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2023-yil 1-iyun kuni qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda fuqaroligidan qat’iy nazar xarid qilish mumkin. Chegirma CODE SHARE reyslari uchun qo‘llanilmaydi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkent/Urganchdan Parij, Milan, Tokio, Jakarta, Urumchi va orqaga, shuningdek, Namangandan Omsk, Ufa, Nijnevartovsk, Krasnoyarskka va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. 

 

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. 

PDF-ni yuklab oling