SILVER
“Silver” statusini olish uchun ishtirokchi joriy kalendar yilining 12 oyi davomida 50000 status ballarini to‘plashi kerak. Status ballari har yili 10 yanvar kuni soat 23:59 da qayta hisoblab chiqiladi va nolga tenglashtiriladi. Agar “Silver” darajasini olish uchun zarur bo‘lgan status ballarining soni 12 oydan kamroq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, u holda status ballarining soni imtiyozli statusga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ballar soniga yetgan oyda Ishtirokchi “Silver” statusiga ega bo‘ladi. Ishtirokchining birinchi marta olgan “Silver” statusining amal qilish muddati 50 000 ta ballar to‘plangan sanadan boshlanadi va joriy yil oxirigacha va joriy yildan keyingi butun yil davomida amal qiladi. “Silver” statusining boshqa egalari uchun har yili 10 yanvarda status ballari nolga tenglashtiriladi va status ballari to‘plami hisoblagichi qayta hisoblashni boshlaydi. Status ballarini nolga tenglashtirish mukofotli xizmatlarni olish uchun foydalaniladigan faol ballarga ta’sir qilmaydi.
Agar “Silver” status darajasining amal qilish muddatining oxirgi 12 oylari ichida ishtirokchi tomonidan tegishli imtiyozli darajani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan status ballarining kerakli miqdori to‘planmasa, u holda ishtirokchining statusi avtomatik ravishda bir darajaga pasaytiriladi.
Ishtirokchining faol ballari sonining o‘zgarishi imtiyozli statuslar va tegishli mukofotlarni olish uchun foydalaniladigan status ballari soniga ta’sir qilmaydi.
“Silver” imtiyozli ishtirok etish darajalariga ega bo‘lgan karta egalariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi:
Karta egalarining imtiyozlari |
“SILVER” |
|
Ha |
|
Ha |
|
Ha |
|
Yo‘q |
|
Ha 1 joy 23 kg |
“SILVER” darajasi bo‘yicha qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari quyidagilarni tashkil etadi:
Weight Concept - 23 kg;
Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 23 kg uchun 1 qo‘shimcha joy.